At-Tartil 5.0

Foydalanish qoʻllanmasi

Ilovaning har bir imkoniyati — rasmlar va qadamma-qadam tushuntirishlar bilan. Kerakli boʻlimni tanlang yoki qidiring.

Boshlash: kirish va roʻyxatdan oʻtish

Ilova birinchi ochilganda toʻgʻridan-toʻgʻri Bosh sahifa mehmon rejimida ochiladi. Hisob ochsangiz — 7 kun barcha imkoniyatlar bepul.

Hisobga kirish

  1. 1

    Kirish oynasini oching

    Qulflangan boʻlimni bosing va Tizimga kirish ni tanlang yoki Sozlamalar → Tizimga kirish.

  2. 2

    Telefon raqam yoki email

    Telefon raqam yoki Email yorligʻini tanlang, maʼlumotni kiriting va Davom etish ni bosing.

  3. 3

    Parolni kiriting

    Hisob topilsa — parolni kiritib Tizimga kirish ni bosing. Parolni unutgan boʻlsangiz: Parolni unutdingizmi? → 4 xonali kod → yangi parol.

Yangi hisob ochish

  1. 1

    Maʼlumotlar

    Ism va familiya va parolni kiriting (kamida 8 belgi, harf va raqam). Telefon yoki emaildan biri majburiy, ikkinchisi ixtiyoriy.

  2. 2

    Referral kod (ixtiyoriy)

    Doʻstingiz kodini Referral kod qoʻshish orqali kiritsangiz — ikkalangizga 30 kun bepul obuna.

  3. 3

    Kodni tasdiqlang

    Telefon yoki emailga kelgan 4 xonali kodni kiriting. Kod kelmasa, vaqt tugagach Kodni qayta yuborish ni bosing.

  4. 4

    7 kunlik sinov

    Sinab koʻrishni boshlash — 7 kun hamma narsa ochiq. Karta talab qilinmaydi.

Bosh sahifa

Ilovaning markazi. Barcha boʻlimlar shu yerdan ochiladi, ortga tugmasi doim shu yerga qaytaradi.

At-Tartil bosh sahifasi12345678
  1. 1

    Sozlamalar

    Profil, obuna, til, tungi rejim va boshqalar.

  2. 2

    Xabarnomalar

    Qizil raqam — oʻqilmagan xabarlar soni.

  3. 3

    Oyat izlash

    Arabcha soʻz boʻyicha oyat qidirish.

  4. 4

    Yangiliklar banneri

    Eʼlonlar va yangiliklar. Bossangiz — tegishli sahifa ochiladi.

  5. 5

    Nihoyasiga yetkazish

    Oxirgi oʻqigan surangiz va foizi. Bossangiz — aynan oʻsha oyatdan davom etasiz.

  6. 6

    Takrorlashni boshlash

    Oyatlarni takrorlab yodlash oynasi (batafsil).

  7. 7

    Darsliklar

    Harflar va maxrajlar, Tajvid saboqlari, Qurʼon oʻqish, 30 pora tilovati, Tasbeh.

  8. 8

    Mini pleyer

    Qiroat ijro boʻlayotganda har bir ekranda pastda turadi.

Mus'haf: Qurʼon oʻqish PRO

Madina mus'hafi sahifalari yoki oyatlar roʻyxati koʻrinishida oʻqing. Nihoyasiga yetkazish kartasi yoki Qurʼon oʻqishni boshlaymiz orqali ochiladi.

Mus'haf oʻqish ekrani1234567
  1. 1

    Sura nomi

    Bossangiz — Sakrash oynasi: sahifa, juz yoki oyat raqamini kiritib Oʻtish ni bosing.

  2. 2

    Panellarni yashirish

    Ortiqcha panellar yashiriladi, matn kattaroq koʻrinadi.

  3. 3

    Qiroat sozlamalari

    Mus'haf koʻrinishi, sahifa rangi, yozuv oʻlchami, tajvid ranglari (batafsil).

  4. 4

    Oyatni bosing

    Oyat menyusi ochiladi: Ijro etish, Takrorlash, Shu yerda toʻxtadim, Nusxa olish, Ulashish, Eslatma.

  5. 5

    Tajvid ranglari maʼnosi

    Rangli nuqtalar — ranglar izohini ochadi.

  6. 6

    Sahifa / juz

    Boshqa sahifa yoki juzga tez oʻtish.

Oʻqish joyi va eslatmalar

  1. 1

    Shu yerda toʻxtadim

    Oyat menyusidan belgilang — Bosh sahifadagi Nihoyasiga yetkazish aynan shu oyatdan davom ettiradi.

  2. 2

    Eslatma qoʻshish

    Oyat menyusidagi Eslatma — oyat Eslatmalarimga qoʻshiladi. Yana bossangiz — oʻchiriladi.

  3. 3

    Sajda oyatlari

    Sajda soʻzi ustida oltin chiziq va ۩ belgisi boʻladi.

Mus'haf koʻrinishi va tajvid ranglari PRO

Oʻqish ekranidagi ☰ tugmasi → Qiroat sozlamalari. Har bir oʻzgarish darhol saqlanadi.

Sozlamalar

  1. 1

    Oʻqish tartibi

    Kitob koʻrinishida — bosma mus'haf sahifasi. Qurʼon matni — oyatlar kartochkalar koʻrinishida.

  2. 2

    Mus'haf koʻrinishi

    Nashrni tanlang: Madina — Usmoniy xat (15 qator), Madina — 1421 h. nashri, Tajvid rangli (BETA), Digital Khatt (BETA). Tanlash ni bossangiz nashr fonda yuklanadi.

  3. 3

    Mus'haf rangi

    Klassik, Oq, Sepiya, Yashil yoki Tungi qogʻoz.

  4. 4

    Arabcha yozuv oʻlchami

    Surgich bilan matnni kattalashtiring yoki kichiklashtiring.

  5. 5

    Tajvid ranglari

    Yoqing yoki oʻchiring. Ranglar maʼnosi — har bir rang qaysi qoidani bildirishini koʻrsatadi.

Qiroat pleyeri va internetsiz tinglash PRO

Oyatlar qiroati — Jahongir qori Neʼmatov ovozida. Bir marta tinglangan oyat qurilmada saqlanadi va keyin internetsiz ijro etiladi.

Qiroat pleyeri12345678
  1. 1

    Kichraytirish

    Toʻliq pleyerni yopib, mini pleyerga qaytadi. Mini pleyerdagi ↑ — yana ochadi.

  2. 2

    Qurilmaga uzatish

    AirPlay, Bluetooth kolonka yoki mashinaga.

  3. 3

    Koʻrinish

    Standart, Mashina rejimi (katta tugmalar), TV / kolonka.

  4. 4

    ∞ — cheksiz takror

    Joriy oyatni toʻxtovsiz takrorlaydi. ⏮ / ⏭ bosilsa ham yoqiq qoladi — endi yangi oyat takrorlanadi. Tanlov ilova yopilsa ham eslab qolinadi.

  5. 5

    ⏮ / ⏭ — oldingi va keyingi oyat

    ⏮ — oldingi oyatga oʻtadi; suraning birinchi oyatida — oyat boshiga qaytaradi.

  6. 6

    −15 / +15

    Joriy oyat ichida 15 soniya orqaga yoki oldinga.

  7. 7

    Tezlik

    0.5× dan 2× gacha: Sekin, Tabiiy, Tez. Tanlangan tezlik eslab qolinadi.

  8. 8

    Navbat

    Ijro navbati va boshqa surani tanlash.

Mini pleyer

  1. 1

    Yuqoridagi chiziq

    Oyatning qayeri ijro etilayotgani. Bosing yoki suring — oʻsha joyga oʻtadi.

  2. 2

    Tugmalar

    Toʻliq pleyerdagi kabi: ∞, ⏮, −15, ▶, +15, ⏭ va tezlik.

  3. 3

    ↑ — Toʻliq pleyer

    Katta pleyerni ochadi.

  4. 4

    Sura nomi

    Bossangiz — oʻquvchi ochiladi, ijro etilayotgan oyat ajratib koʻrsatiladi.

  5. 5

    Vaqt va ✕

    Oyatning oʻtgan va umumiy vaqti. ✕ — pleyerni yopadi.

30 pora Qurʼon tilovati

30 pora Qurʼon tilovati (video)

Bosh sahifadagi 30 pora Qurʼon tilovati kartasi — 114 suraning video qiroati. Roʻyxatdan surani tanlang; videoni toʻliq ekranda koʻrish mumkin.

Takrorlash: oyatlarni yodlash PRO

Oyatlar oraligʻini tanlang va necha marta takrorlanishini belgilang — ilova oʻzi oʻqib beradi, siz esa ortidan takrorlaysiz.

Takrorlashni sozlash oynasi123456
  1. 1

    Qayerdan (dan)

    Boshlanish surasi va oyati.

  2. 2

    Qayergacha (gacha)

    Tugash surasi va oyati. Oraliq bir nechta surani ham qamrab olishi mumkin.

  3. 3

    Tanlangan oraliqni aylanishlar soni

    Butun oraliq necha marta takrorlansin: 1 dan 100 gacha yoki ∞ (toʻxtatguningizcha).

  4. 4

    Har bir oyatni takrorlashlar soni

    Har bir oyat ketma-ket necha marta oʻqilsin (1–100).

  5. 5

    Tozalash

    Barcha qiymatlarni boshlangʻich holatga qaytaradi.

  6. 6

    Eshitish ▶

    Takrorlash boshlanadi va mus'haf ochilib, oʻqilayotgan oyatni kuzatib boradi.

Eslatmalarim (saqlangan oyatlar) PRO

Mus'hafda saqlagan oyatlaringiz shu yerda yigʻiladi. Bosh sahifadagi Eslatmalarim → Hammasi.

  1. 1

    Oyatni oching

    Kartani bosing — mus'haf aynan oʻsha oyatda ochiladi va oyat bir lahza ajratib koʻrsatiladi.

  2. 2

    Tinglang

    ▶ tugmasi oyat qiroatini ijro etadi.

  3. 3

    Qidiring

    🔍 — sura nomi boʻyicha qidirish.

Tajvid saboqlari

Bosh sahifadagi Tajvid saboqlari kartasi. Uch boʻlimdan iborat.

Tajvid saboqlari boʻlimi123
  1. 1

    Nazariy qism (PRO)

    Tajvid qoidalari modullar boʻyicha, qidiruv bilan.

  2. 2

    Tajvid video darslari

    Ustoz video darslari (hisobga kirish kerak).

  3. 3

    Savol-Javob (PRO)

    Bilimingizni sinash (batafsil).

Tajvid darsi sahifasi1234

Dars sahifasi

  1. 1

    Boʻlimlar

    Dars bir necha qismdan iborat boʻlsa — yorliqlar.

  2. 2

    Video

    Ijro, surish va toʻliq ekran tugmalari videoning oʻzida.

  3. 3

    Qoida matni

    Darsning qisqacha mazmuni.

  4. 4

    Misollar

    Qoidaga oid arabcha misollar.

Harflar va maxrajlar

Arab harflari va ularning chiqish joylari (maxraj) — Qurʼon oʻqishni boshidan oʻrganuvchilar uchun.

Harflar va maxrajlar boʻlimi123
  1. 1

    Arab alifbosi (PRO)

    28 harf. Harfni bosing — harakatlar va sukun bilan talaffuzini eshitasiz, Maxrajini koʻrish — chiqish joyi rasmi.

  2. 2

    Alif-yo video darslari

    Alifboni bosqichma-bosqich video darslar (hisobga kirish kerak).

  3. 3

    Savol-Javob (PRO)

    Harflar boʻyicha test.

Savol-javob (test) PRO

Har safar serverdan 10 tagacha yangi savol tanlanadi. Tajvid saboqlari va Harflar boʻlimlarida.

Savol-javob ekrani1234
  1. 1

    Savol raqami

    Nechanchi savoldasiz.

  2. 2

    Vaqt

    Sarflangan vaqt hisoblanadi.

  3. 3

    Javobni tanlang

    Variantlardan birini bosing.

  4. 4

    Tekshirish

    Javob Toʻgʻri yoki Xato ekani koʻrsatiladi, keyin Keyingi savol.

Tasbeh

Namozdan keyingi tasbehlar, zikrlar, salovatlar va oʻzingizning sanoqlaringiz. Bepul, internetsiz ishlaydi.

Tasbeh ekrani12345
  1. 1

    Yorliqlar

    Namoz (33 + 33 + 33 + 1), Zikr, Salovat, Mustaqil.

  2. 2

    Maʼlumot

    Tasbeh boʻlimi haqida maʼlumot.

  3. 3

    Titrash

    Har bir sanoqda telefon titraydi.

  4. 4

    Nolga qaytarish

    Sanoqni boshidan boshlash.

  5. 5

    Sanash

    Ekranning pastki qismini yoki Sanash · +1 tugmasini bosing. Maqsadga yetganda keyingi zikrga oʻzi oʻtadi.

Tungi rejim

Kechasi koʻzni charchatmaydigan qorongʻi koʻrinish. Tajvid ranglari tunda ham aniq.

Tungi rejimdagi mus'haf
  1. 1

    Butun ilova uchun

    Sozlamalar → Tungi koʻrinish. Mavzuni Tizim boʻyicha qilsangiz — telefon sozlamasiga moslashadi.

  2. 2

    Faqat mus'haf uchun

    Qiroat sozlamalari → Mus'haf rangi → Tungi.

Pro obuna va toʻlov

Pro — mus'haf, qiroat, takrorlash, eslatmalar, nazariy darslar va testlarni ochadi. Avtomatik yechib olinmaydi — har bir toʻlovni oʻzingiz tasdiqlaysiz.

Obuna boʻlish

  1. 1

    Tarifni tanlang

    Sozlamalar → obuna kartasi (Obuna boʻlish) yoki qulflangan boʻlimdagi Tariflarni koʻrish. 1, 3, 6 oylik yoki yillik.

  2. 2

    Toʻlov usuli

    Payme, Click yoki Karta orqali.

  3. 3

    Payme / Click

    Toʻlov sahifasi ochiladi. Toʻlagach At-Tartilga qaytib Toʻlovni tekshirish ni bosing.

  4. 4

    Karta orqali

    Karta raqami va amal qilish muddatini kiriting → Kod yuborish → kartaga bogʻlangan raqamga kelgan SMS kod → Tasdiqlash va toʻlash.

Pro hadya qilish

Yaqinlaringizga Pro obunani hadya qiling — qabul qiluvchida u darhol ochiladi.

  1. 1

    Hadya oynasi

    Sozlamalar → Obunani hadya qilish.

  2. 2

    Kimga

    Qabul qiluvchining telefon raqami yoki emaili (u At-Tartilda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak).

  3. 3

    Tabrik matni

    Kartada nima yozilsin — masalan, «Onajonimga sovgʻa».

  4. 4

    Toʻlov

    Tuhfa ulashish → tarif → Payme yoki Click.

Referral: doʻstlarni taklif qilish

Doʻstingiz sizning kodingiz bilan roʻyxatdan oʻtsa — ikkalangizga 30 kun bepul obuna.

Referral oynasi1234
  1. 1

    Referral oynasi

    Sozlamalar → Referral. Hisobga kirgan boʻlishingiz kerak.

  2. 2

    Referral kodingiz

    Yonidagi belgini bosing — kod nusxalanadi.

  3. 3

    Referral statistikasi

    Taklif qilgan foydalanuvchilaringiz soni va roʻyxati (ism va sana).

  4. 4

    Referralni ulashish

    Ilovani yuklab olish havolasi va kodingiz bilan tayyor xabar — Telegram yoki boshqa ilova orqali yuboring.

Doʻstingiz kodni qanday kiritadi

  1. 1

    Roʻyxatdan oʻtish

    Roʻyxatdan oʻtish oynasida Referral kod qoʻshish ni bosadi.

  2. 2

    Faollashtirish

    Kodni yozib Faollashtirish ni bosadi — «Kod toʻgʻri — 30 kun bonus» chiqadi.

  3. 3

    Ikkalangizga 30 kun

    Roʻyxatdan oʻtish yakunlangach, siz ham, doʻstingiz ham 30 kun bepul obuna olasiz.

Xabarnomalar va tezkor savol

Yangiliklar, tabriklar va tajvid boʻyicha Tezkor savollar. Bosh sahifadagi 🔔 belgisi.

  1. 1

    Roʻyxat

    Bugun, kecha va sanalar boʻyicha. Oʻqilmaganlari oltin fonda. Barchasi oʻqilgan — hammasini belgilash.

  2. 2

    Tezkor savol

    Toʻgʻri yoki Xato ni tanlang. Xato boʻlsa — Javobni koʻrish: ustozning video izohi.

  3. 3

    Bildirishnomalarni yoqish

    Sozlamalar → Xabarnomalar — telefon sozlamalari ochiladi.

Sozlamalar

Bosh sahifaning chap yuqori burchagidagi ⚙ belgisi.

  1. 1

    Profil

    Ism va telefon ustiga bosing.

  2. 2

    Til

    12 til: oʻzbek (lotin va kirill), rus, ingliz, turk, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, arab, nemis, fransuz.

  3. 3

    Tungi koʻrinish

    Qorongʻi mavzu (batafsil).

  4. 4

    Qoʻllab-quvvatlash markazi

    Muammoni tanlang, yozing va Telegramda yuborish — qurilma maʼlumotlari avtomatik qoʻshiladi.

  5. 5

    Ilovaga baho berish

    Fikringiz biz uchun muhim.

  6. 6

    Dastur haqida

    Ruxsatnoma, aloqa va Manbalar va litsenziyalar.

Koʻp beriladigan savollar

Ilova bepulmi?

Ilovani yuklab olish bepul. Tasbeh bepul; video darslar va 30 pora video tilovati — hisobga kirgan holda bepul. Mus'haf, qiroat, takrorlash, eslatmalar, arab alifbosi, nazariy darslar va testlar — Pro. Roʻyxatdan oʻtganda 7 kun hammasi bepul.

Pro avtomatik yangilanadimi?

Yoʻq. Har bir toʻlovni oʻzingiz tasdiqlaysiz, kartangizdan avtomatik pul yechilmaydi.

Telefonni almashtirsam Pro saqlanadimi?

Ha. Pro hisobingizga bogʻlangan — yangi telefonda oʻsha hisob bilan kiring.

Qiroatni internetsiz tinglasa boʻladimi?

Ha. Oyat qiroati bir marta tinglangach qurilmada saqlanadi va keyin internetsiz ijro etiladi. Video darslar va 30 pora video tilovati uchun internet kerak.

Bitta oyatni qanday qilib cheksiz takrorlayman?

Pleyerdagi ∞ tugmasini bosing. Bir nechta oyatni takrorlash uchun — Takrorlash boʻlimi.

Parolni unutdim. Nima qilay?

Kirish oynasida Parolni unutdingizmi? ni bosing — telefon yoki emailga 4 xonali kod keladi, soʻng yangi parol oʻrnatasiz.

Maʼnolar tarjimasi va tafsir bormi?

Hozirgi 5.0 versiyada yoʻq. Keyingi versiyalarda qoʻshilishi rejalashtirilgan.

Muammo boʻlsa qayerga yozaman?

Sozlamalar → Qoʻllab-quvvatlash markazi, Telegram: @inquiryuz yoki support@attartil.uz.

Hali yuklab olmadingizmi?

Download on the App Store Get it on Google Play Get it from Microsoft

Yangilangan: 2026-10-31 · At-Tartil 5.0